1

Chimyonda tog` chang`i festivali o`tkaziladi

Jamiyat 26.02.2019, 20:47
Chimyonda tog` chang`i festivali o`tkaziladi

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida joriy yilning 1-3 mart kunlari “Chimgan-Extreme“ tog` chang`i festivali o`tkaziladi.

Bu haqda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti ma`lum qildi. Ma`lumki, Toshkent viloyatida turizmning ekstremal va tog` turizmi yo`nalishlari bo`yicha qulay muhit mavjud. Chang`i, snoubording, paraplan va deltoplanda uchish, velosport, motosport kabi sport turlarini rivojlantirish uchun tabiiy sharoitlar etarli. Ayni paytda viloyatda turizm sohasini rivojlantirish bo`yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Prezidentimizning 2019 yil 5 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni muhim dasturilamal bo`lib xizmat qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, chang`i festivali O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish qo`mitasi, Ekstremal va tog` turizmi federasiyasi, viloyat hokimligi, viloyat turizmni rivojlantirish departamenti hamkorligida tumanning Chimyon hududida o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1