1

Bojxonachilar pochta jo`natmasidagi psixotrop tabletkalar va ichki kiyimdagi geroinni fosh qilishdi

Jamiyat 27.02.2019, 02:37
Bojxonachilar pochta jo`natmasidagi psixotrop tabletkalar va ichki kiyimdagi geroinni fosh qilishdi

Tarkibida psixotrop moddalar bo`lgan dori vositalarini jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirishga yashash yoki bo`lish mamlakatining tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan, davolash kursining tavsiya etiladigan soni ko`rsatilgan hujjatlar mavjud bo`lganda ruxsat beriladi.

Shunga qaramay mazkur tartiblarga rioya qilmasdan turib ayrim jismoniy shaxslarning tarkibida psixotrop moddalar bo`lgan dori vositalarini bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o`tishga urinishlari ko`zga tashlanmoqda.

Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan yaqinda ana shunday urinishlar bartaraf qilindi.

Jumladan, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari poytaxtimiz aeroportida Dehlidan uchib kelgan fuqaro G.A.ning qing`ir qilmishlarini fosh qilishdi.

Ushbu shaxs bojxona nazoratidan “yashil” yo`lak orqali o`tayotib, 100 dona “Klonazepam” tabletkalarini yashirin ravishda olib kirmoqchi bo`lgan vaqtida to`xtatib qolindi. Shuningdek, uning yonida og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan 190 quti sifati kafolatlanmagan dori vositalari hamda 177 dona kosmetika va gigenik vositalar borligi aniqlandi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida esa xorijiy davlatdan yuborilgan pochta jo`natmalaridan birida psixotrop tabletkalar borligi aniqlandi. Poytaxtimizda istiqomat qiluvchi fuqaro B.N. nomiga yuborilgan ushbu jo`natmada bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan 100 dona “Brotizolam” tabletkalari yuborilgan ekan. Vaxolanki, amaldagi qonunchilikka binoan mazkur turdagi tabletkalar muomalasi O`zbekiston Respublikasi hududida cheklangan.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G`ishtko`prik” chegara-bojxona postida esa nafaqat psixotrop, balki narkotik moddalarni ham olib kirishga uringan qo`shni davlat fuqarosi to`xtatib qolindi. Qarangki, ushbu shaxsning o`zi bilan olib kirayotgan dori vositalari orasida 149 dona “Tramadol” psixotrop tabletkalari ham bor ekan.

Shundan so`ng ushbu shaxs xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, ichki kiyimi orasiga 1 dona polietilen o`ram yashirilganligi aniqlandi. O`ramdagi 24 gr.dan ortiq og`irlikdagi modda esa ekspertlar xulosasiga ko`ra, geroin giyohvandlik vositasi bo`lib chiqdi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1