AsosiyShou-biznes

Toshkentda "O`zbek kulolchiligi afsonalari" nomli ko`rgazma tashkil etiladi

2014 yilning 21-23 noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog`da joylashgan Madaniyat va san`at  ko`rgazmalari zalida “O`zbek kulolchiligi afsonalari” ko`rgazmasi bo`lib o`tadi, deya xabar beradi uz24.uz sayti.

Ushbu ko`rgazmada yurtimiz hamda horijda mashxur bo`lgan O`zbekistonning an`anaviy kulolchilik sulolalari vakillari – ustalar ishtirok etadi. Jumladan, rishtonlik kulollar Alisher va Baxtiyor Nazirov, Sharofiddin Yusupov hamda Ismoil Komilov; andijonlik Mirzabahrom Abduvaxobov; urgutlik No``mon Obloqulov; xorazmlik Odilbek Matchonov; shahrisabzlik Rustam Muzaffarov; g`ijduvonlik Alisher va Abdulla Nazrullaevlar; buxorolik Kubaro Boboeva; samarqandlik Sharif Azimov hamda Dilorom Muxtorova singari kulollar o`z ijod namunalarini namoyish etadi. Ularni ko`rgazma davomida sotib olish imkoniyati ham mavjud.

Shuningdek, ko`rgazma doirasida ustalar tomonidan mahorat darslari hamda ilmiy seminar o`tkaziladi.

Ko`rgazma vaqti: 10:00 dan 17:00 gacha.

Kirish erkin.

    Boshqa yangiliklar