1

«Ittifoq stipendiyasi» sovrindorlari qanday loyihalarga qo`l urdi?

Jamiyat 27.02.2019, 12:54
«Ittifoq stipendiyasi» sovrindorlari qanday loyihalarga qo`l urdi?

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi «Yoshlar press-klubi»da «O`zbekiston yoshlar ittifoqi stipendiyasi» sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Unda turli davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

2018 yilning 20-22 dekabr kunlari respublika komissiyasi tomonidan «O`zbekiston yoshlar ittifoqi stipendiyasi»ning Respublika bosqichida qatnashgan 183 nafar ishtirokchi eng yuqori ball to`plagan 14 nafar nomzod «Ittifoq stipendiyasi» sovrindori bo`ldi.

«Ittifoq stipendiyasi»ning respublika bosqichida bahsga kirishganlarning ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-huquqiy bilimlari, kazus (vaziyatli) savollar orqali fikrlashi, dunyoqarashi, taqdim etilayotgan loyihasining dolzarbligi va hayotga tatbiq etilishi hamda taqdimotning sifati va yondashuv uslubi belgilangan mezonlar asosida shaffof baholandi.

Stipendiatlarga 10 oy davomida eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida stipendiya berib boriladi. Bundan tashqari g`oliblar «O`zbekiston belgisi» ko`krak nishoni va «Kelajak bunyodkori» medalini olishga nomzod sifatida tavsiya etilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1