1

Kattaqo`rg`on shahridagi maxsus maktab-internatga maishiy texnika sovg`a qilindi

Jamiyat 27.02.2019, 13:24
Kattaqo`rg`on shahridagi maxsus maktab-internatga maishiy texnika sovg`a qilindi

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Kattaqo`rg`on uy-joydan foydalanish qismi jamoasi shahardagi 5-sonli yordamchi maxsus internat maktabiga tashrif buyurishdi.

Maxsus maktab tarbiyalanuvchilari harbiylarga va Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilariga o`z qiziqishlari, kelajakdagi orzu-istaklari haqida gapirib berishdi. Davrada she`rlar, kuy-qo`shiqlar yangradi.

Tadbir so`nggida Kattaqo`rg`on uy-joydan foydalanish qismi tomonidan maktab jamoasiga maishiy texnika – kiryuvish mashinasi topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1