Pokiston harbiylari tomonidan Hindiston harbiy havo kuchlariga tegishli ikkita qiruvchi samolyot urib tushirilgan. Pokiston harbiy manbalarining xabar berishicha, qiruvchi samolyotlar Pokiston chegaralarini buzib kirgan.
Pokiston armiyasining matbuot kotibi general-mayor Asif G`ofurning so`zlariga ko`ra, Hindiston qiruvchi samolyotlari Pokiston hududiga kirgandan so`ng urib tushirilgan, oqibatda ikki nafar hind harbiysi halok bo`lgan va bir nafari garovga olingan.
Hindiston rasmiylarining aytishicha, chorshanba kuni Pokistonning uchta jangovar samolyoti Hindiston nazoratidagi Kashmir ustidan uchib o`tgan, biroq Hindiston harbiylari tomonidan ushlangandan keyin qaytarib yuborilgan.
Bir necha yillardan beri ko`plab bahs va munozaralarga sabab bo`lib kelayotgan Kashmirda oxirgi bir haftadan beri yana kelishmovchiliklar yomonlashdi. Ayni damda ushbu chegara hududida Hindiston va Pokiston harbiylari o`rtasida qurolli to`qnashuvlar avj olgan.






