“Oskar 2019” kinomukofotining “Xorijiy tildagi eng yaxshi film”i ma`lum bo`ldi, deya xabar qildi Kinonews.ru nashri.
Ushbu nominasiyaga rejissyor Alfonso Kuaronning “Rim” (“Roma”) filmi munosib ko`rilgan.
Filmda etmishinchi yillarda Meksikadagi oddiy bir oilaning mushkul damlari haqida so`z boradi.
Ushbu nominasiyasiga, shuningdek, “Kapernaum” (Livan), “Do`kon o`g`rilari” (Yaponiya), “Muallifsiz asar” (Germaniya), “Sovuq urush” (Polsha) kartinalari ham nomzod etib qo`yilgandi.






