Buyuk Britaniyaning G`arbiy Yorkshir grafligida ommaviy o`rmon yong`inlari ro`y bermoqda, deb xabar bermoqda Tvzvezda.ru nashri.
Alanga hozirga qadar 150 gektar maydonni kulga aylantirgan. Olov shiddat bilan atrofga tarqamoqda. O`t o`chiruvchilar qo`llaridan kelgancha harakat qilishayotganini, biroq olovni bo`ysundira olishmayotganini ta`kidlashmoqda. Qurbonlar va jarohat olganlar haqida rasmiy ma`lumotlar yo`q.






