Suriyaning Boguz hududida yana bir guruh odamlarni evakuasiya qilish jarayoni olib borilmoqda, deya xabar qilmoqda Day.Az nashri.
Ushbu maydon IShID terrorchilik guruhi tomonidan nazorat ostida bo`lib, mahalliy aholi vakillari bu joyni tezroq tark etishga urinishmoqda. Minglab odamlar bir necha kilometr uzoqlikdagi vaqtinchalik lagerlarga joylashtirildi. Ular orasida ayollar, kasalmand qariyalar va go`daklar bor. Notinch vaziyat tufayli o`z uylarini tark etishga majbur bo`lgan odamlar endi lagerlarda taqdirlari qay tomonga o`zgarishini kutishga majbur.






