Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga qarshi kurash masalasini muhokama qilish bo`yicha Rossiya poytaxti Moskvaga tashrif buyurdi, deb xabar qildi RenTV.ru nashri.
Bosh vazir prezident Vladimr Putin bilan bo`lib o`tgan uchrashuv chog`ida Eronni Yaqin Sharq davlatlari uchun asosiy tahdid deb atagan. Shu bilan birga, Suriyada ham Eronning harbiy ishtiroki tobora kuchayib borayotganidan tashvishda ekani ta`kidladi.






