AsosiyDunyo

Nikaraguada 100 ga yaqin mahbuslar ozodlikka chiqdi

'Nikaraguada 100 ga yaqin mahbuslar ozodlikka chiqdi 'ning rasmi

Nikaraguada hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etgani uchun qamoqqa olingan 100 ga yaqin mahbuslar ozodlikka chiqdi, deya ma`lum qildi Korrespondent.ru nashri.

Ular muxolifat va hukumat o`rtasida olib borilgan muzokaralardan so`ng qo`yib yuborilgan. Tomonlarning oldiga qo`ygan vazifa inqirozli vaziyatni barataraf etish yo`lini topishdir. O`tgan yilning aprel oyidan buyon Nikaraguada hukumatga qarshi isyonlar kuzatilmoqda.

BMT bergan ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatda 300dan ortiq odam zo`ravonlik tufayli qurbon bo`lgan. Shuningdek, 2 ming kishi tan jarohati olgan.

    Boshqa yangiliklar