Amerikalik aktyor Jonni Depp sobiq xotini Ember Xyordni sudga berdi, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Gap shundaki, Ember Jonnini zo`ravonlikda ayblab, maqola e`lon qilgan. Aktyorning advokatlari Xyordni yolg`onchilikda ayblashmoqda, ularning aytishicha, u shu yo`l orqali o`z karerasini yo`lga qo`ymoqchi bo`lgan.
2015 yili turmush qurishgan ikki kinoijodkor 2016 yili ajrashib ketishgan edi.






