Turkiyalik mashhur honanda Damlaning klipida uy yonib ketdi, deya xabar berdi Day.Az nashri.
Klip xonandaning “Çamadan” (“Jomadon”) qo`shig`iga ishlangan.
Suratga olish ishlari Turkiyada bo`lib o`tgan. Yomg`ir va yong`in sahnalari, ayniqsa, e`tiborni tortadi. Ta`kidlanishicha, qo`shiqchi uzoq vaqt suv ostida qolgan. Yong`in sahnasidagi uy esa chinakamiga yoqib yuborilgan.
Ushbu qo`shiqni esa o`zbek kompozitori Jasur Abdurahmon bastalagan.






