Televizor tomosha qilishning kutilmagan xavfi aniqlandi, deya xabar qildi Science News nashri.
Ma`lum bo`lishicha, bir kunda 3,5 soatdan ko`p televizor ko`rish inson xotirasini sezilarli darajada pasaytirib yuborar ekan. Ayniqsa, bu verbal xotiraga bog`liq. Bu borada Buyuk Britaniyaning London Universiteti kolleji olimlari 50 yil tadqiqot olib borishgan. Ular 50 yil davomida 3,5 soatdan ko`p televizor (bir kunda) ko`rganlarga 10 ta so`z aytishgan va o`sha so`zlarni takrorlashni so`rashgan. “Televizor tagiga mixlanganlar” so`zlarni darrov eslay olishmagan.






