AsosiyShou-biznes

Elvis Preslining birinchi haydovchilik guvohnomasi sotuvga qo`yildi

“Rok-n-rol qiroli” Elvis Preslining 1953 yili yozida tayyorlangan birinchi musiqiy yozuvi va uning ilk haydovchilik guvohnomasi auksionda sotiladi. Bu haqda musiqachining merosi bila shug`ullanuvchi jamg`arma vakillari xabar qilgan. Auksion Presli 80 yoshga to`lgani kuni, ya`ni 2015 yilda bo`lib o`tadi.

1953 yili 18 iyun kuni Elvis Tennesi shtatining Memfis shahrida joylashgan “San” ovoz yozish studiyasiga keladi va  "My Happiness" hamda "That's When Your Heartaches Begin" qo`shiqlarini yozish uchun to`rt dollar to`laydi. Aytishlaricha, u ushbu yozuvlarni onasining tug`ilgan kuniga sovg`a qilmoqchi bo`lgan. Biroq uyda ularni eshitish imkoniyati bo`lmagan va Presli plastinkani do`stining uyida eshitish uchun boradi. O`sha erda yozuv qolib ketadi va onasi ushbu sovg`ani olmaydi. “Elvisning yozuvi ilk marta auksionga qo`yilmoqda. U yozilgandan beri 60 yil davomida shaxsiy arxivda bo`lgan”, - deydi savdo tashkilotchilari.

Savdo Preslining Memfisdagi uyi, hozirda muzeyda bo`lib o`tadi. Auksionga qo`yilgan predmetlarning umumiy soni 68 tani tashkil etadi. Ular orasida uning birinchi haydovchilik guvohnomasi ham bor. Ijrochi guvohnomani 1952 yili 17 yoshida olgan.

Avgust oyida Presliga tegishli “Kadillak” mashinasi 81.2 ming dollarga sotilgan edi. Elvis 1977 yili 42 yoshida vafot etgan, deya yodga solmoqda TASS.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar