Yaponiyaning BS Asashi/TV Asashi telekompaniyasi O`zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlari va o`zbek xalqining tarixiy-madaniy merosi, me`moriy yodgorliklari, an`analari haqida hujjatli film namoyish etadi. Bu haqda «O`zbekturizm» milliy kompaniyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Xabarda eslatilishicha, 6—11 noyabr kunlari O`zbekistonga Yaponiyaning etakchi yangiliklar telekompaniyalaridan biri BS Asashi/TV Asashi delegasiyasi respublika bo`ylab maxsus infoturda ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad O`zbekiston hududlarida mamlakat sayyohlik salohiyati haqida hujjatli film suratga olishdan iborat bo`ldi.
Film Yaponiya auditoriyasini O`zbekiston milliy sayyohlik sanoati taraqqiyotidagi asosiy yo`nalishlar bilan tanishtiradi.





