O`zbekiston Oliy Majlisi Senati bugun, 14 noyabr kuni “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan amnistiya to`g`risida” Qaror qabul qildi, deya xabar beradi Gazeta.uz nashri.
Ta`kidlanishicha, ayollar, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to`lmagan shaxslar, 60 yoshdan oshgan erkaklar, chet davlat fuqarolari jazodan ozod qilinishi belgilangan.





