Ispaniyaning Vilyarramel qishlog`ida Hotamtoy paydo bo`ldi, deya xabar berdi Daily Mail nashri.
Noma`lum kishi 6 martdan boshlab sovg`a tarqata boshlagan. Bir hafta ichida ushbu noma`lum shaxs qishloqning o`n beshta xonadonining kirish eshigida yoki pochta qutisida konvert qoldirib ketgan. Konvertlarda 100 evrogacha pul bo`lgan.
Hozirda polisiya bu shaxsni qidirmayapti, chunki u hech kimga zarar etkazmagan.






