Shvesiyalik 16 yoshli Greta Tunberg Tinchlik sohasida Nobel mukofotiga tavsiya etildi, deya ma`lum qildi Aftonbladet nashri.
2018 yilning avgust oyida Tunberg bir o`zi Stokgolmdagi parlament binosi oldiga norozilik namoyishiga chiqadi. U hukumatdan Iqlim bo`yicha Parij shartnomasi talablariga amal qilishni talab etadi. Shundan so`ng u butun dunyoda mashhur bo`lib ketdi va “iqlim uchun maktab noroziligi” etakchisiga aylanadi. Greta bir necha marotaba ming kishilik namoyishlarga boshchilik qilgan va iqlim muammolari bo`yicha BMT konferensiyalarida qatnashgan





