Bugun Yangi Zelandiyadagi ikki masjidda otishma bo`ldi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Yangi Zelandiyada Bosh vaziri Jakinda Ardern terrorizm deb qoralagan ushbu hujum oqibatida halok bo`lganlar soni 49 nafarga etgani ma`lum qilindi. Shuningdek, 30 ga yaqin odam jiddiy jarohatlangan.
Jangarilardan biri hujum paytida tasvirga olingan, qirg`in aks ettirilgan videoni Facebook ijtimoiy tarmog`iga joylashtirgan. Shundan so`ng jangarining mamlakatdagi immigrantlarni “bosqinchilar” deb atagan “manifest”i paydo bo`lgan.
Ardernning ta`kidlashicha, Yangi Zelandiya xavfsizlik jihatidan eng yuqori o`rinlarda turuvchi mamlakat hisoblanadi, ammo bugungi xunrezlik Yangi Zelandiya xavfsizligiga katta tahdid qildi. U hozirda to`rt kishini ekstremistik harakatlarda ishtirok etganlikda gumonlanib hibsda ushlab turilganini aytgan.
Shuningdek, Jakinda Ardern bu kunni “Yangi Zelandiyaning eng qora kuni” deb atadi.






