Filipp Kirkorovning konsertida portlashni amalga oshirmoqchi bo`lgan terrorchi bunda Maksim Galkinni aybladi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
2017 yilda Kirkorov Dog`istonning Maxachqalasida konsert bergan. O`shanda kuchli nazorat tufayli dog`istonlik Hidirnabi Kazuev konsertda portlashni amalga oshirmoqchi bo`lganlikda ayblanib, hibsga olinadi.
Tergov jarayonida Kazuev bu ishga uni Maksim Galkin undaganini, Alla Pugachyovani sobiq eridan rashk qilib, uni o`ldirtirib yubormoqchi bo`lganini aytadi.
Galkin esa bu so`zlarni rad etgan.
Joriy yilning 12 mart kuni Dog`iston IIB Kazuevga Kirkorovning konsertida teraktni amalga oshirish ayblovi qo`yilganini ma`lum qildi.






