Dunyo global bedorlik vabosi yoqasida turibdi, deya ma`lum qilmoqda RIA Novosti nashri.
Xelsinki universiteti shifoxonasi shifokorlari ish joylarida xodimlarga tushlikdan so`ng mizg`ib olinishiga ruxsat berilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblashmoqda.
Tig`iz ish jadvali, ishga qatnashdagi yo`lning uzoqligi, hayot sur`atining tezlashgani – bularning barchasi har bir kishi hayotida uyquning kamayishiga olib keladi. Kamuyqulik esa bir necha o`nlab kasalliklarga, hatto o`limga ham sabab bo`lishi mumkin.






