AsosiyJamiyat

Bojxonachilar 42 dona noyob va qadimgi tangalarning noqonuniy olib o`tilishining oldini olishdi

Bojxona ko`rigi davomida nazorat-texnik vositalaridan unumli foydalangan curxondaryolik bojxonachilar 42 dona noyob va qadimgi tangalarning noqonuniy olib o`tilishining oldini olishdi, deya xabar bermoqda 12news.uz.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati bildirishicha,“Ayritom” bojxona kompleksi orqali yurtimizga kirib kelayotgan Afg`oniston Islom Respublikasi fuqarosi Sadriddin (qoidabuzarning ism-sharifi o`zgartirilgan) yo`lovchi bojxona deklarasiyasini to`ldirar ekan, bojxona inspektoriga yonida hech qanday ta`qiqlangan va yashirilgan buyumlar yo`qligini ma`lum qiladi. Ammo, unga tegishli qo`l yuklari nazorat-rentgen apparatidan o`tkazilganda, yuklar orasida kiyim-kechaklarning tugmalari odatdagi tugmalar tasviridan farqli ravishda, ekranda shubhali tarzda namoyon bo`ladi.

Shundan, so`ng kiyim-kechaklarning tugmalari xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, ular go`yoki tugma sifatida qadab qo`yilgan, aslida bojxonachilarning ko`zini shamg`alat qilish maqsadida qora bo`yoqqa bo`yalgan tarixiy kumush va mis tangalar bo`lib chiqdi. Bojxonachilar Sadriddinning egnidagi palto va shimini ham ko`zdan qochirishmadi. Qarang-ki, bu kiyimlarga ham tugmalar emas, yashirincha olib o`tish ko`zlangan tangalar “ko`rk” bag`ishlab turgan ekan.

Surishtiruv chog`ida siri fosh bo`lgan qoidabuzar ushbu qadimiy tangalarni o`zi istiqomat qilayotgan uyi xarobalari orasidan topib olganligini ma`lum qilgan. O`z qilmishini tangalardan kiyimlariga bezak sifatida foydalandim deya xaspo`shlashga uringan Sadriddin bagaj ilgaklariga ilingan tangalarni qanday izohlashni bilmay, er chizib qoldi.

DSC02075.JPG

O`zbekiston Respublikasi ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 22721-moddasi 2-qismi talablariga zid xatti xarakatlarni amalga oshirganligi, ya`ni O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o`tilayotgan qadimiy tangalarni bojxona nazoratidan yashirib, xufyona va tangalarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanganligi sababli qonunbuzar ma`muriy javobgarlikka tortildi va tegishli miqdorda jarima jazosi belgilandi.

DSC02015.JPG

Surxondaryo viloyati badiiy ekspertiza bo`limi o`rganish xulosasiga ko`ra, mazkur 42 dona qadimgi tangalarning ba`zilari milloddan avalgi II-III asrlarga taaluqli bo`lib, Yunon-Baqtriya davlatida muomalada bo`lgan, ba`zilari esa IX-X asrlardagi Somoniylar davlatiga tegishli ekanligi aniklandi va ularning qiymati salkam 16,5 mln. so`mga baholandi. Endilikda qadimiy tanga ishqibozlari mazkur tangalarni Surxondaryo viloyati arxeologiya muzeyining numizmatika bo`limida tomosha qilishlari mumkin.

Eslatib o`tamiz, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi “O`zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish to`g`risida”gi 131-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq xorijiy fuqarolar (shu jumladan xorijiy diplomatik va konsullik vakolatxonalari boshliqlari) va boshqa shaxslar tomonidan O`zbekiston Respublikasiga vaqtincha olib kiriladigan madaniy boyliklar tegishli bojxona hujjatlarida ko`rsatilishi kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar