AsosiyShou-biznes

Britaniyaliklar “Garri Potter” haqidagi yangi filmni suratga olishadi

“Garri Potter” haqidagi yangi film yana ekranlarda paydo bo`ladi. Film prodyuserlari treylerni suratga olishga ulgurishdi va yangi yil arafasida to`liq tasvirga olish ishlariga kirishishni rejalashtirishmoqda.

Britaniyalik talabalar byudjeti 40 ming funt (taxminan 63 ming dollar) bo`lgan filmni suratga olishni mo`ljallagan, deb yozmoqda The Guardian.

Zarur mablag`ni to`plash bo`yicha ishlar bir oyga mo`ljallangan bo`lib, shu muddatda ular kerakli pulni yig`ish niyatida. Hozircha ularni 101 investorlar qo`llab-quvvatlamoqda. Ular hisob-raqamga 6000 dollar o`tkazib berishgan. Byudjetni shakllantirish uchun yana 16 kun olmoqda.

    Boshqa yangiliklar