AsosiyDunyo

2013 yildagi eng g`alati rekordlar

"Ginnesning rekordlar kitobi" hamda unga kiritib borilayotgan rekordlar haqida ma`lum ma`lumotlarga egasiz. Bu kitobga asosan ko`pchilikni hayron qoldiradigan, insonlar olqishi va hayratiga sabab bo`ladigan holatlar, voqealar va boshqalar kiritiladi. Quyidagi rekordlar esa o`zlarining g`alatiligi bilan ajralib turadi:

1. Eng katta motosikl Italiyalik Fabio Reggiani tomonidan ishlab chiqilgan.

2. Eng og`ir velosiped esa Gollandiyalik ishqiboz Vouter van den Bosch tomonidan yaratilgan bo`lib, uning og`irligi 750 kg keladi.

3. AQShning Michigan shtatida istiqomat qiluvchi Denise Durlagning oilasi dunyodagi eng bahaybat it egasi hisoblanadilar. Zevs laqabli itning bo`yi 1,118 m bo`lib, dunyoning avvalgi eng bahaybat iti Gigant Djordj hisoblanar edi.

4. AQShning Viskonsin shtatidagi Katt Jeyk laqabli 9 oyshli otning bo`yi 210,19 sm bo`lib, u hozirda tirik bo`lgan eng katta ot nomi bilan Ginnes Rekordlar kitobidan joy oldi.

5. Heppi laqabli, nigeriya echkisi Floridaning Fort Mayers shahrida skeytbordda salkam 36 m masofani 25 sekundda bosib o`tib, Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritildi.

6. Jahonga mashhur National Geographic Kids jurnali yangi jahon rekordini o`rnatib, “Ginnes rekordlar kitobi”dan o`rin egallashga muvaffaq bo`ldi. Ushbu jurnal xodimlari AQShlik oilalar hamda bolalar tomonidan foydalanishga yaroqsiz deb topilgan 16407 dona sport oyoq kiyimlarini kolleksiya qilishdi. E`tiborli jihati, ushbu kolleksiyada mashhur xonanda Teylor Svift hamda One Direction guruhi solistlari ham faol ishtirok etishgan.

    Boshqa yangiliklar