AsosiyJamiyat

Xorazmlik shaxs Qashqadaryodagi xonadondan 600 dollar va 5 million so`m pulni o`marib ketdi

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tuman IIBga murojaat etib, xonadonidan noma`lum shaxslar besh million so`m pul, 600 AQSh dollari va ikki turdagi zargarlik buyumlarini o`marib ketganini ma`lum qildi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «Postda» gazetasi xabar bermoqda.

Jabrlanuvchining murojaati asosida tezkor-surishtiruv ishlari olib borildi. Xorazmlik shaxs mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qonun hukmiga topshirildi.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar