AsosiyJamiyat

«MTS» va O`zbekistonning xalqaro arbitrajdagi bahslari to`xtatildi

Investisiya bahslarini hal qilish xalqaro markazi Rossiyaning «Mobilnie TeleSistemi» («MTS») kompaniyasi va O`zbekiston o`rtasidagi arbitraj muhokamasini tomonlarning birgalikdagi bayonoti bo`yicha tugatdi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.

Avvalroq, 31 iyul kuni «MTS» kompaniyasi O`zbekiston hukumati bilan murosa bitimi imzolagani, O`zbekistonda yangi Universal Mobile Systems (UMS) qo`shma korxona tashkil etishi, korxonaning 50,01 foizi «MTS»ga, 49,99 foizi esa O`zbekiston hukumatiga tegishli bo`lishi haqida xabar bergan edi.

Murosa bitimi ingliz huquqi orqali boshqariladi va tomonlar o`rtasidagi barcha bahsli holatlarni Parijdagi Xalqaro savdo palatasi huzuridagi Xalqaro arbitrajda ko`rib chiqishni ko`zda tutadi.

UMS qo`shma korxonasiga 2G/3G/LTE tarmoqlari, chastota va raqamlar hajmi bo`yicha lisenziyalar, shuningdek, investisiyalar saqlanishi va qaytarilishi bo`yicha kafolatlar olgan. Yangi operator 1 dekabrdan o`z tijoriy faoliyatini boshlashi ko`zda tutilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar