AsosiyJamiyat

Chimyon mdh mamlakatlaridagi eng yaxshi tog`-chang`i kurortlari 10 taligidan o`rin oldi

Hordiq chiqarish narxi bo`yicha MDH mamlakatlaridagi eng ommabop tog`-chang`i kurortlarining reytingini e`lon qildi. Unga O`zbekistondagi “Chimyon” bazasi ham kirdi deb xabar qiladi Travel.ru sayti.

Reytingda hordiq chiqarish byudjeti  bir kishi uchun hisoblangan. Unga quyidagilar kirgan:

- toqqa ko`tarilish joyidan 15 kilometr masofada joylashgan ikki-uch yulduzli mehmonxonada yashash qiymati;

- shu yaqin atrofdagi qahvaxonada ovqatlanish narxi;

- bir kunlik ski-pass (tog`-chang`i kurortlaridagi toqqa ko`tarilish uchun elektron ruxsatnoma).

Mazkur ro`yxatda Chimyon kurorti kuniga 51 AQSh dollari byudjeti bilan to`rtinchi o`rinni egalladi. Birinchi o`rinda Qirg`izistondagi “Qorako`l” (kuniga 46 dollar), ikkinchi o`rinda Belorussiyadagi “Logoysk” (kuniga 49 dollar) va uchinchi o`rinda Armanistondagi “Saxkadzor” (kuniga 50 dollar) kurortlari qayd etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar