Davlat yong`in nazorati xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2014 yilning o`n oyi davomida sodir bo`lgan yong`inlar 2013 yilning shu davriga nisbatan yosh bolalarning olov bilan o`ynashi bilan bog`liq yong`inlar 7,7 foizga kamayishiga erishildi.
Shu bilan birga, savdo muassasalari, baza va omborxonalarda 3,3 foizga, qishloq xo`jaligi tarmoqlarida 8,7 foizga, olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida sodir bo`lgan yong`inlar 4,3 foizga, boshqa sabablardan sodir bo`lgan yong`inlar 42,9 foizga kamayishiga erishildi. Hamda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan yong`inlarning oldini olish maqsadida o`tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning 84 foizi bartaraf etildi.
Bu haqda Toshkent shahrida tashkil etilgan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasining yong`in xavfsizligi oyligini e`lon qilishga bag`ishlangan matbuot anjumanida qayd etildi.
Eslatib o`tamiz, joriy yilning 20 noyabridan 20 dekabriga qadar mamlakatimizda yong`in xavfsizligi oyligi o`tkaziladi.





