AsosiyShou-biznes

Aziza Nizomova "Turkvison-2014" da O`zbekiston sharafini himoya qiladi

Bu yil "Turkvison-2014" tanlovida 24 ta mamlakatdan vakillar g`oliblik uchun kurashadi. Ular orasida O`zbekistondan Aziza Nizomova ham bor.

Bu haqda ma`lum qilgan "Popcorn" sayti yozishicha, 19 noyabr kuni tanlovning yarimfinal bahsi o`tkaziladi. Hamyurtimiz tanlovda 5-raqamda saralangan bo`lib, "Dunyo bo`lsin omon" deb nomlangan tarona bilan ishtirok etmoqda.

Ayni paytda Aziza Rossiya Federasiyasining Qozon shahrida tanlovga tayyorgarlik ko`rmoqda.

Saytning eslatishicha, o`tgan yili bu tanlovda Vatanimiz nomidan Nilufar Usmonova ishtirok etgan.

Aziza Nizomova ko`pchilikka ayni vaqtdagi "Setora" guruhi orqali yaxshi tanish. Guruhidagi faoliyatidan tashqari, ko`plab estrada yulduzlarining qo`shiqlaridagi bek-vokalda aynan uning ovozi qo`llaniladi.

    Boshqa yangiliklar