AsosiyJamiyat

Rossiyadan O`zbekistonga o`ta katta miqdordagi byudjet pullarini o`g`irlagan firibgar ekstradisiya qilinadi

Boshqirdiston Respublikasining Ufa shahrida qo`lga olingan o`zbekistonlik firibgar Rossiyaning Privoljskiy transport prokuraturasi tomonidan O`zbekistonga ekstradisiya qilinadi, deb xabar bermoqda «RIA Bashkiriya».

Xabarda aytilishicha, u 2010−2012 yillarda O`zbekiston Respublikasi vazirliklaridan birida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan. Byudjet mablag`larini o`zlashtirib olish va kamomad qilish yo`li bilan o`g`irlaganlikda ayblanayotgan firibgar Ufa temir yo`l vokzalida qo`lga olingan.

O`zbekiston Bosh prokuraturasi uni ekstradisiya qilishni so`ragan. O`zbekiston va Rossiya qonunchiligi bo`yicha jinoiy javobgarlikka tortish muddati tugamaganligi va ekstradisiya uchun to`siqlar yo`qligi bois Privoljskiy transport prokuraturasi ekstradisiya imkoniyati mavjudligi to`g`risida xulosa tayyorlagan.

Rossiya Federasiyasi Bosh prokurori o`rinbosari ayblanuvchini jinoiy javobgarlikka tortish uchun O`zbekiston huquqni muhofaza qilish organlariga topshirish to`g`risida qaror qabul qilgan. Hozirda ekstradisiyani amalga oshirish uchun tayyorgarlik ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar