AsosiyJamiyat

Toshkentda elektr tarmog`idagi tez-tez uzilishlar isitish vositalari ko`p ishlatilayotgani sababli bo`layotgani ma`lum qilindi

Toshkent shahridagi elektr tarmog`ida tez-tez kuzatilayotgan uzilishlarga aholi tomonidan ko`plab isitish vositalarining yoqilishi oqibatida yuklamaning ortib ketishi sabab bo`lmoqda. Bu haqda «O`zbekenergo» DAKning «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy xatiga asoslanib «Uz24.uz» xabar berdi.

Qayd etilishicha, havo haroratining pasayishi bilan aholi tomonidan elektr isitish vositalari, ko`pincha qo`lbola qurilmalar va isitish rejimida kondisionerlarning ishlatilishi ko`payib ketgan. Yuklamaning ortishi elektr ishlab chiqaruvchi stansiyalar faoliyatining muvozanati buzilishiga olib keladi.

“Toshkent elektr tarmoqlari korxonasi”ning Uz24.uz’ga rasmiy xati. Foto: uz24.uz

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi»ning «Uz24.uz»ga rasmiy xati. Foto: uz24.uz

Bunday holatda Milliy dispetcherlik markazi elektr iste`molini cheklash va liniyalarni bosqichma-bosqich o`chirishga ko`rsatma beradi. Uzilishlardan aholining xabardor qilinmayotganiga esa elektr iste`moli cheklovlari tezkor ravishda kiritilayotgani sabab bo`layotgani aytilgan.

Bu majburiy chora ekanligi va energotizimning barqaror ishlashi uchun qo`llanayotgani ta`kidlangan. Aks holda, avariyaga qarshi tizim ishlab ketib, avtomatik ravishda elektr uzilishiga olib kelishi mumkinligi aytilgan.

    Boshqa yangiliklar