AsosiyJamiyat

O`zbekistonda terrorizm xavfi AQSh va Rossiyadan pastligi aniqlandi

London iqtisodiyot va tinchlik instituti so`nggi 14 yil davomida kuzatilgan terrorizm bilan bog`liq global jarayonlar va ko`rsatkichlar tahlilini Global Terrorism Index (GTI) nomi bilan e`lon qildi.

Tahlilda dunyo mamlakatlarida terrorchi tashkilotlar faolligi bo`yicha reyting tuzilgan bo`lib, undan jami 162 davlat o`rin olgan. Tadqiqot sayyoramiz aholisining 99,6 foizini qamrab olgani aytilgan. Tahlil jarayonida teraktlar soni, o`lim miqdori, qurbonlar soni va moddiy ziyon darajasi inobatga olingan.

Reytingda O`zbekiston 111-o`rinda ko`rsatilgan bo`lib, 10 balli shkalada 0,14 ball berilgan. Bu mamlakatda terrorizm xavfi minimal darajada ekanligidan dalolat beradi.

Terrorizm xavfi eng yuqori davlatlar deb Iroq, Afg`oniston, Pokiston, Nigeriya, Suriya, Hindiston, Somali, Yaman, Filippin, Tailand kabi mamlakatlar topilgan. Rossiya 11, Turkiya 17, Xitoy 25, Buyuk Britaniya 27, Eron 28, AQSh 30, Ukraina 51, Belorussiya 53, Saudiya Arabistoni 55, Fransiya 56, Italiya 62, Qozog`iston 65, Tojikiston 68, Germaniya 83, Kanada 84, Avstraliya 95-o`rinlarda ko`rsatilgan.

39 ta davlatga 10 balli shkalada 0 qo`yilgan bo`lib, ushbu mamlakatlarda terrorizm ta`siri umuman yo`qligi aytilgan. Bunday davlatlar sirasiga Turkmaniston, Janubiy va Shimoliy Koreya, Yaponiya, Latviya, Litva, Yangi Zelandiya, Singapur kabi davlatlar kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar