AsosiyShou-biznes

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida koreys kinosi kunlari boshlandi

Joriy yilning 18 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Koreya karvoni – Markaziy Osiyo 2014” tadbirlari doirasida “Koreys filmlari festivali – 2014” boshlandi.

Festival taniqli koreys kinorejissyori Kang Chje-Pyuning 1950-53-yillarda bo`lib o`tgan koreys urushi vaqtidagi bir oila taqdiriga bag`ishlangan “38-parallel” filmi bilan ochildi.

Bundan tashqari, o`zbek tomoshabinlari mazkur kino saroyda turli janrdagi “Yoshlikning qaynoq qoni” (2013, rejissyor Li En U), “Yaxshi, yomon, jinni” (2008, rejissyor Kim Chji-Un), “Meni tut” (2013, rejissyor Xyon Chon Li), “Buyuk oshpaz” (2007, rejissyor Jjen Yun Su) va “Yangi dunyo” (2013, rejissyor Pak Xun Jon) badiiy filmlarini tomosha qilish imkoniga ega.

Shu bilan birga, koreys kinosi kunlari Farg`ona va Andijon shaharlarida ham bo`lib o`tmoqda.

“Koreys filmlari festivali – 2014” tashkilotchisi Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi. Tadbirlarni o`tkazishga ushbu mamlakatning Toshkent shahridagi elchixonasi ko`maklashmoqda.

Eslatib o`tamiz, festival O`zbekistonda ikkinchi marotaba (2012 yili va hozir) o`tkazilmoqda. Bu haqda “O`zbekkino” MA xabar qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar