AsosiyJamiyat

Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O`zbekistondagi saylovlarga o`z kuzatuvchilarini yuboradi

Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi (DIIHB) O`zbekistonda dekabrda bo`lib o`tadigan parlament saylovlariga kuzatuvchilar missiyasini yuboradi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Bunday qaror  EXHT DIIHB ekspertlari Nikolay Shmidt va Aleksandr Shlik tomonidan 28—30 oktyabr kunlari O`zbekistonga tashrif natijalari bo`yicha qabul qilindi.

Missiyaning maqsadi 21 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga bo`lib o`tadigan saylovlarga tayyorgarlikning borishi va saylovoldi vaziyatni baholash bo`ldi. Ekspertlar tashqi ishlar vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, parlament, partiyalar, OAV, fuqarolik jamiyati, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o`tkazdi.

Tashrif natijalari va O`zbekiston Markaziy saylov komissiyasining rasmiy taklifi hisobga olinib, ekspertlar saylovlarning EXHT, boshqa xalqaro majburiyatlar va milliy qonunchilikka muvofiq kelishini baholash uchun saylovlarni kuzatish bo`yicha cheklangan missiyani yuborishni tavsiya etdi.

    Boshqa yangiliklar