AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi parlament saylovlari sabab talabalarning qishki ta`tili vaqti o`zgardi

O`zbekistondagi oliy o`quv yurtlari talabalari 2014 yilning 19 dekabridan 2015 yilning 5 yanvariga qadar qishki ta`tilda bo`ladi. Bu haqda Toshkentdagi OTMlar vakillari ma`lum qildi, deb xabar bermoqda «Kun.uz».

Qayd etilishicha, qishki ta`til muddati talabalar o`zlarining doimiy yashash joylariga borib, 21 dekabr kuni bo`ladigan parlament saylovlarida ishtirok etishlarini ta`minlash maqsadida o`zgartirilgan.

Qo`shimcha qilinishicha, bu muddat davomida talabalar temir yo`l transporti chiptalarini imtiyozli narxda xarid qilishlari mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar