AsosiyShou-biznes

Gersoginya de Alba vafot etdi

Ispan Sevilesida istiqomat qiluvchi gersoginya de Alba  88 yoshida vafot etdi. Bu haqda glavred.info nashri xabar beradi.

To`liq ismi Alba Mariya del Rosario Kaetana Alfonsa Viktoriya Evgeniya Fransiska Fits-Jeyms Styuart va Silva.  Bu ma`lumotni shahar meri Xuan Ignasio Zoldo ham uning vafoti munosabati bilan bildirgan ta`ziyasi orqali isbotlagan.

O`tgan haftada gersoginya yurak aritmiyasi tufayli kasalxonaga yotqizilgandi.

Eslatib o`tamiz, u ingliz qiroli Yakov II ning avlodlaridan sanaladi. De Alba eng ko`p unvon olgan gersoginyalardan biri sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan. U 7 ta gersoginya unvoni, 23 ta markiza hamda 19 ta grafiniya unvonlariga sazovor bo`lgan. 85 yoshida de Alba Alfonso Diez Karabantesom  bilan turmush qurgandi. 

    Boshqa yangiliklar