Toshkent shahrida 1 noyabrdan e`tiboran tajriba tariqasida metrobus yo`lga qo`yildi. Bu haqdagi e`lonlar Toshkent metropolitenining «Habib Abdullaev» bekatiga joylashtirilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Ma`lum bo`lishicha, yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida «Habib Abdullaev» metro bekatidan Yunusobod 12-mavzesidagi «Kiyim bozor» bekati oralig`ida harakatlanuvchi 133-sonli «tezyurar» yo`nalish ochildi.
E`tiborli tomoni, shahar jamoat transportida yo`l haqi 1000 so`m bo`lgani holda, 133-«tezyurar» avtobuslarda yo`l haqi 500 so`mni tashkil etadi.
Loyiha tashkilotchilaridan biri – «8-avtobus saroyi»dan ma`lum qilishlaricha, hozirgi vaqtda yo`nalishda to`rtta avtobus harakatlanmoqda, so`nggi avtobus 18:30da avtosaroyga qaytadi.






