Sony Pictures kompaniyasi vakillari Stiv Jobs haqidagi filmni suratga olish rejasini bekor qilishganini ma`lum qilishdi. Film ssenariysi Aaron Sorkinga tegishli edi. Hozircha kompaniya xodimlari bu qarorga hech qanday izoh berishgani yo`q.
Bundan avvalroq Apple asoschisini jonlantirishdan akter Kristian Beyl bosh tortgan edi, deya xabar beradi Movie Web.
Loyiha tugatilishidan bir necha kun oldin bu rolga akter Maykl Fassbender rozi bo`lgan edi. Biroq vaqt shuni ko`rsatdiki, bu almashtirish befoyda bo`ldi. Sonyning filmni suratga olmasligi haqidagi yangilik bilan birga Universal Pictures ushbu loyihani olishi mumkinligi to`g`risidagi xabar chiqdi. Hozircha bu haqda aniq ma`lumot yo`q.





