AsosiyJamiyat

Sirdaryolik o`z mahalladoshlarini 400 ming qozoq tengesi evaziga sotib yubordi

Sirdaryolik fuqaro mahalladoshlaridan biriga Qozog`istonda ish taklif qilib, o`zi yaqinda ishlab kelganini, u erda tanishlari borligini aytadi. Hamda ishsiz yurgan qo`shni yigitlarni ham taklif qilishini qo`shimcha qiladi.

Mahalladoshining safiga yana ikki yigit qo`shiladi va ayblanuvchi ularga Qozog`istonda oylik 75 ming tangani tashkil etishini, yotoqxona, ovqat tekinligini aytib, Chinoz tumani Yallama chegara postidan olib o`tadi. So`ngra, Qozog`iston Respublikasi Chimkent viloyatida yashovchi "Jarqin" ismli shaxs bilan uchrashtiradi va 400 ming qozoq tengesi evaziga ularni sotib yubordi.

Odam savdosi “qurbonlari” esa o`zga yurtda qurilishdagi og`ir ishlarni bajarishga majbur bo`ladi. Og`ir mehnat va tahqirlashlar 3 oy deganda yigitlarni holdan toydiradi. Ish haqidan darak bo`lmagach, ular Jarqinga uchrab, ish haqlarini talab qilishganda mahalladoshi tomonidan pullab yuborilganidan xabar topadi.

"Xorijda ishlab mo`maygina pul topaman", degan xomxayolga berilgan yigitlar xoru zorlikni boshdan kechirib, yurtlariga qaytib kelishdi.

Ayblanuvchi esa Sirdaryo tuman sudining hukmi bilan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Manba: “Huquq” gazetasi

    Boshqa yangiliklar