AsosiyShou-biznes

Aziza Nizomova "Turkvizyon-2014" tanlovining finaliga chiqdi

Qozon shahrida o`tkazilayotgan “Turkvizyon-2014” tanlovida O`zbekistondan Aziza Nizomova ishtirok etayotgani haqida avval xabar bergan edik.

"Popcorn" sayti yozishicha, kecha, 19 noyabr kuni mazkur xalqaro tanlovning yarim final bosqichi bo`lib o`tdi va jami 25 mamlakatdan tashrif buyurgan ishtirokchilar orasidan 12 tasi final uchun yo`llanmani qo`lga kiritdi. Hamyurtimiz ham finalchilar safidan joy oldi.

“Turkvizyon-2014” ning final bosqichida Turkmaniston, Rossiya, Turkiya, Qirg`iziston, Qozog`iston, Bosniya va Gersegoviniya, Makedoniya kabi davlatlarning vakillari qatorida O`zbekiston vakilasi ham ishtirok etadi”, deyiladi xabarda. 

Yarim final bahsida Aziza Nizomova “Dunyo bo`lsin omon” qo`shig`ini ijro etib, haqqoniy 172 ballni qo`lga kiritdi. Tanlovning final bosqichi esa 21 noyabr kuni bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar