Buyuk Britaniyaning yosh fuqarosi qiz o`g`irlanishining oldini oldi, deya xabar qildi The Mirror nashri.
Tirnan Makkridi (Tiernan McCready) Derri shahar hududida ketayotib, 18 yoshli qizni o`g`irlashayotganiga guvoh bo`ladi. Yigitcha o`ylab o`tirmay, darhol qattiq baqiradi. Bu esa odam o`g`rilarini cho`chitib yuboradi va ular juftakni rostlashadi. Tirnan qizni xavfsiz erga olib boradi.
Keyin esa Tirnan bularni onasiga aytadi va polisiyaga xabar berishadi.
Tirnan Makkridi jasorati uchun medal bilan mukofotlandi.