Xitoylik ayol eridan qutulish uchun o`z o`limini sahnalashtirdi, deb xabar qilmoqda Rravda.ru nashri.
37 yoshli xitoylik ayol o`z o`limini yolg`ondakam sahnalashtirgani uchun 10 sutka davomida qamoqda ushlab turildi. U 36 yoshli eridan xalos bo`lish uchun shunday qilgan.
Ayol ijara uyidan chiqib, eriga qo`ng`iroq qilgan va sobiq yigiti uni o`g`irlab ketganini ma`lum qilgan. Keyin sobiq yigitining nomidan eriga tahdidli sms-xabar yuborgan. Xabarda agar mazkur voqea polisiyaga ma`lum qilinsa, ayolning jasadi ko`lning tubidan topilishini aytgan.
Qo`rqib ketgan yigit polisiyaga xabar beradi. Polisiya esa “o`g`irlangan kelin”ni kuzatuv kamerasi orqali tekshirishadi.
Ayol o`zining bu xatti-harakatlarini eridan xalos bo`lishi uchun qilganini tan oldi. Aytishicha, erining moliyaviy ahvoli uni qoniqtirmay qo`yibdi.
Shundan so`ng ayol o`n kun davomida hibsda ushlab turilgan.