AQShda ko`p farzandli ota-ona bir yildan ortiq vaqt mobaynida bir-biridan ayriliqda yashagan aka-uka va opa-singillarni o`z qaramoqlariga oldi, deya xabar qildi CNN nashri.
Geri va Liza Fullbrayt (Gary i Lisa Fullbright)larning xonadonida hozirda 10 nafar farzand voyaga etmoqda. Ulardan biri o`zlarining biologik o`g`illaridir. Yana ikki nafarini er-xotin uch yil avval asrab olgan, qolgan etti nafari esa ularning tug`ishgan aka-uka va opa-singillaridir. Boyaqishlar birmuncha vaqt davomida turli oilalarda istiqomat qilishar edi. Uch bolani o`z oilalariga qabul qilgan Fullbraytlar ularning yana boshqa tug`ishganlari borligini bilib, jigarlarni bir xonadonga jamuljam qilishga qaror qilishadi.
Shuningdek, Fullbraytlarning bundan tashqari yana etti nafar voyaga etgan o`z farzandlari bo`lib, ular hozirda mustaqil hayot kechirishmoqda.