AsosiyShou-biznes

Lola hamda Dj Piligrim qarovsiz qolgan jonivorlar himoyachisi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali xonanda Lola mushuklar bilan birga tushgan fotosuratlar tarqaldi.

Ma`lum bo`lishicha, har ikki ijodkor qarovsiz qolgan jonivorlarni himoya qilishga qaratilgan fotosessiyada ishtirok etishgan. Bu bilan jonivorlarga befarq qaramaslikka va ularga ham insonlarning mehri, yordami va g`amxo`rligi kerak degan g`oyani ilgari surilganligi aytilmoqda. Mazkur fotosuratlar yangi taqvimlarda ham foydalaniladi, deb xabar qiladi “Popcorn” sayti.

Avvalroq, Lola va Dj Piligrim ishtirokida avtomobilda xavfsizlik kamaridan foydalanishga da`vat etuvchi klip suratga olingan edi.

 

    Boshqa yangiliklar