AsosiyDunyo

Bred Pitt nihoyat Anjelina Joli bilan rasman ajrashdi

'Bred Pitt nihoyat Anjelina Joli bilan rasman ajrashdi 'ning rasmi

Bred Pitt, nihoyat, rasmiy ravishda bo`ydoqlikka erishdi, deya ma`lum qildi Vesti nashri.

Joli va Pitt endilikda er-xotin emas. Bir necha yilga cho`zilgan ajrashish jarayoni o`z nihoyasiga etib, Bred Pitt Anjelina Joli bilan tuzgan nikoh shartnomasini bekor qildi.

Endilikda ikki Golivud yulduzi bir necha millionlik mablag`larini bo`lishib olishlari va olti bolaga otaliq qilish borasida kelishuvga erishishlari lozim. Bu esa yana biroz vaqtga cho`zilishi mumkin. Tomonlarning advokatlari bu masalalar yil so`ngiga qadar hal bo`lishini bildirishmoqda.

    Boshqa yangiliklar