Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasi kodlarini o`zgartirilishi bilan bog`liq qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.
Tadbir davomida, poytaxtimizdagi mas`uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelingan 19 633 kilogramm bo`lgan matolar belgilangan tartibda tekshirilib, mahsulotdan olingan namunalar ekspertizadan o`tkazildi.
Natijada, konteynerlarda hujjatda ko`rsatilgan matolar o`rniga “jalyuzi uchun sinel mato” va “jalyuzi uchun birlamchi to`qilgan mato” tovarlari borligi aniqlandi. Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlarini o`zgartirish orqali qonunbuzar bojxona to`lovlaridan salkam 2 milliard so`mni to`lashdan qochmoqchi bo`lgan ekan.
Ammo uning nayrangi ish bermadi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.