Yaqin kelajakda Quyoshning Erga tushadigan nurlari kamayishi mumkin, deb xabar bermoqda Ura.news nashri.
Bunga esa koinotda chiqindilar ko`payishi sabab bo`ladi, deb ta`kidlamoqda Rossiya Fanlar akademiyasi olimlari.
Koinotda turli kosmik apparatlar bir-biri bilan to`qnashishi oqibatida chiqindilar qatlamini hosil qiladi. Garchi bu metall chiqindilar o`ta mayda bo`lsa-da, ammo to`planib-to`planib, alaloqibat qalingina qatlam hosil qiladi. Hozircha bu qatlam o`ta yupqa, lekin bu kelajakda katta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Hozirda kosmik chiqindilar vazni 7,2 ming tonnani tashkil etmoqda.