Adabiyot yo`nalishida Garsia Markes nomidagi mukofot sovrindori argentinalik Giermo Martines bo`ldi.
Mukofotni topshirish marosimi Kolumbiya poytaxtidagi “Kolon” teatrida bo`lib o`tdi. Bu haqda mukofotning rasmiy saytida e`lon qilingan.
Marosimda Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos ishtirok etdi va ushbu tadbirning muhimligini ta`kidladi.
G`oliblik uchun ispan tilida so`zlashuvchi mamlakatlarda 2013 yili e`lon qilingan 123ta ish kurashdi.





