1

«Manchester Siti» Messi uchun 250 million evro beryapti. Maoshi esa yiliga 30 million evro bo`ladi

Sport 24.11.2014, 13:09
«Manchester Siti» Messi uchun 250 million evro beryapti. Maoshi esa yiliga 30 million evro bo`ladi

"Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi faoliyatini Angliyaning "Manchester Siti" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Daily Mail nashri xabar tarqatdi.
Gap shundaki, "shaharliklar" rahbariyati 27 yoshli argentinalik afsonaviy futbolchi uchun 200 million funt sterling (250 mln evrodan ko`proq) taklif qilmoqda. Messining o`ziga bo`lsa, haftasiga 500 ming funt berishmoqchi.

Bu taxminan oyiga 2.5 mln evrodan ko`proq deganidir. Ushbu maosh dunyo futbolidagi rekord hisoblanadi.
Sal avval Messi o`zini "Barsa"da baxtli his qilmayotgani ma`lum bo`lgandi. Shu fursatdan foydalanib, "Siti" uni sotib olmoqchi.

Voqealar rivoji kuzatilmoqda.

Manba: www.goal.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1